Янгиликлар
Bolalarni tarbiyalash bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sudning hal qiluv qarorlarini ijro etish
Bolalarni tarbiyalash bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sudning hal qiluv qarorlarini ijro etish
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 89-moddasiga asosan-Bolalarni tarbiyalash bilan bog‘liq ishlarga doir sudning hal qiluv qarorlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ijrochisi tomonidan ijro qilinadi.
Agar ota-ona (bolani o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxs) sudning hal qiluv qarori ijro etilishiga to‘sqinlik qilsa, unga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi.
Bolani olish va uni boshqa shaxs (shaxslar)ga berish bilan bog‘liq sudning hal qiluv qarorlarini majburiy tartibda ijro etish albatta vasiylik va homiylik organining hamda bola tarbiyalashga berilayotgan shaxs ishtirokida, zarur hollarda esa, ichki ishlar organi vakili ishtirokida amalga oshirilishi lozim.
Sudning bolani olish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini bolaning manfaatlariga zarar yetkazilmagan tarzda ijro etishning imkoni bo‘lmaganda, bola sudning ajrimiga ko‘ra tarbiyalash muassasasiga, davolash muassasasiga, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasiga yoki shunga o‘xshash boshqa muassasaga vaqtincha joylashtirilishi mumkin.
Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM
bosh yuristkonsulti D.P.Tojiboev