Янгиликлар
Bolalarning oiladagi xususiy mulki
Bolalarning oiladagi xususiy mulki
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 93-moddasiga asosan-Voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda xususiy mulk egasi bo‘lish huquqiga egadirlar.
Voyaga yetmagan bolalarning qonunda belgilangan tartibda hadya, meros tariqasida olgan mol-mulki, shuningdek shaxsiy mehnati va tadbirkorlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanadi.
Voyaga yetmaganlarning tadbirkorlik faoliyatiga qo‘shgan mablag‘i va undan orttirgan daromadi, agar bola bilan ota-ona yoki oilaning boshqa a’zolari o‘rtasida boshqacha tartibni belgilovchi shartnoma bo‘lmasa, voyaga yetmaganlarning xususiy mulki hisoblanadi.
Voyaga yetmaganlarning shaxsiy foydalanishidagi buyumlari (kiyim-kechak, poyabzal, ishlab chiqarish qurollari, o‘quv anjomlari va boshqalar) ularning xususiy mulki hisoblanadi.
Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM
bosh yuristkonsulti D.P.Tojiboev