Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Ota-onaga beriladigan ta’minot miqdori va tartibi


Ota-onaga beriladigan ta’minot miqdori va tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 110-moddasiga asosan-Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar o‘z ota-onasiga ixtiyoriy ravishda moddiy yordam berishdan bo‘yin tovlasalar, ta’minot miqdori bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda sudning hal qiluv qaroriga asosan belgilanadi.

Ota-ona, aliment undirish haqidagi talabni o‘z bolalarining biriga yoki bir nechtasiga nisbatan qo‘yganligidan qat’i nazar, aliment miqdorini belgilashda sud voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning barchasini hisobga olishi lozim.

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan aliment undirish nizosi uzil-kesil hal bo‘lgunga qadar sudya shu nizo bo‘yicha vaqtincha to‘lab turilishi lozim bo‘lgan summani ko‘rsatib, ajrim chiqarishi mumkin.

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan undirilayotgan aliment miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 11,75 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM

bosh yuristkonsulti                Payziev M.M.