Янгиликлар
Er-xotinning bir-biriga ta’minot berish majburiyatlari
Er-xotinning bir-biriga ta’minot berish majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Er-xotin bir-biriga moddiy yordam berishi shart. Bunday yordam berishdan bosh tortilgan taqdirda, yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er yoki xotin, shuningdek xotin homiladorlik davrida va o‘rtada bola tug‘ilgan kundan e’tiboran uch yil davomida, o‘rtadagi nogironligi bo‘lgan bolani u o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar parvarishlashni yoki bolalikdan I guruh nogironligi bo‘lgan o‘rtadagi bolani parvarishlashni amalga oshirgan, yordamga muhtoj bo‘lgan er (xotin) yordam berishga qodir bo‘lgan xotindan (erdan) sud tartibida ta’minot (aliment) olish huquqiga ega.
(117-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 17 maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022 y., 03/22/770/0424-son)