Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Er va xotinni bir-birlariga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilish yoki bu majburiyatni muayyan muddat bilan cheklash


Er va xotinni bir-birlariga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilish yoki bu majburiyatni muayyan muddat bilan cheklash

Sud quyidagi hollarda:

agar er-xotin nikohda qisqa vaqt mobaynida bo‘lgan bo‘lsa;

agar o‘z ta’minoti uchun mablag‘ to‘lanishini talab qilayotgan er yoki xotinning noloyiq xulq-atvori tufayli nikohdan ajratilgan bo‘lsa;

agar yordamga muhtoj er yoki xotinning mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolishi uning spirtli ichimliklarni, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni suiiste’mol qilishi yoki qasddan jinoyat sodir etishi oqibatida yuz bergan bo‘lsa, er (xotin)ni yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz xotin (er)ga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilishi yoxud bu majburiyatni muayyan muddat bilan cheklab qo‘yishi mumkin.