Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Intellektual mulk huquqlarini buzgan shaxsdan tovon puli undirilishi tartibi qanday?


Intellektual mulk huquqlarini buzgan shaxsdan tovon puli undirilishi tartibi qanday?

Javob: Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim “uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas. Xususan, adliya organlari tomonidan “Duck Global Licensing AG” kompaniyasining (Shveysariya) “Утёнок” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “O‘rikzor” savdo majmuasi hududida joylashgan “S.D.” YTT tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “S.D.” YTT tomonidan “Утёнок” tovar belgisiga o‘xshash bo‘lgan belgilardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar sotuvga taklif etilganligi aniqlandi. Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “S.D.” YTTga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi hamda tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarni buzuvchi barcha harakatlarni to‘xtatish va kelgusida bu kabi qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik majburiyati yuklandi.

Shuningdek, holat yuzasidan “Duck Global Licensing AG” kompaniyasining vakili sudga murojaat qildi va adliya organlari tomonidan berilgan fikrlarni inobatga olgan holda sudning 05.09.2025-yildagi qarori bilan “S.D.” YTTga o‘zida mavjud bo‘lgan kontrafakt mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida import va eksport qilish, sotish, savdoga taklif etish, har qanday fuqarolik muomalasiga kiritish hamda shu maqsadda saqlash taqiqlandi va huquqbuzardan 2 ming AQSh dollari miqdorida tovon puli va 11 mln. so‘m sud xarajatlari undirilishi belgilandi.

 

Chirchiq shshar adliya bo’limi

YXKM boshlig’i                                                              A.Fayziyev