Янгиликлар
Hududlarda aholiga elektron xizmatlar ko'rsatish sifati oshiriladi Savol: Raqamli texnologiyalar joriy etish borasida oxirgi qaysi qaror qabul qilindi?
Raqamli texnologiyalar joriy etish borasida oxirgi qaysi qaror qabul qilindi?
Javob:“Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–286-son, 16.09.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, “Raqamli hukumat” dasturi doirasida 41 ta ustuvor loyihani ishga tushirish, elektron davlat xizmatlari ulushini 70 foizga yetkazish tizimni 2025–2026-yillarda rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri etib belgilandi. 2025-yil 1-noyabrdan mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, to'lov tashkilotlariga mobil ilovalar orqali YIDXP (YAgona portal)dagi pulli elektron davlat xizmatlarini ko'rsatish imkoniyati yaratiladi. 2025-yil 1-dekabrdan nodavlat notijorat tashkilotlariga “Raqamli hukumat” tizimining Idoralararo integrasiyalashuv platformasi orqali belgilangan tartibda elektron idoralararo hamkorlikni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
2026-yil 1-yanvardan fuqarolarning ijtimoiy yordam ko'rsatish bo'yicha murojaati, mahallalardagi oilalar va aholi ma'lumotlarini yuritish hamda mahallalarda aholi bilan ishlash jarayonlari “Raqamli mahalla” platformasi orqali amalga oshiriladi.
Chirchiq shshar adliya bo’limi
YXKM boshlig’i A.Fayziyev