Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingi qachondan joriy etiladi?


Hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingi qachondan joriy etiladi?

Javob: Hukumat qarori (580-son, 15.09.2025-y.) bilan “Reyting ko'rsatkichlari asosida “Hududlarning investisiyaviy jozibadorligi reytingi”ni baholash” reglamenti tasdiqlandi. Reglament reyting ko'rsatkichlari asosida hududlarning investisiyaviy jozibadorligi reytingini baholash tartibini belgilaydi.

                         Reyting 2 yo'nalishda baholanadi:

-         investisiya salohiyati. Mazkur yo'nalishda statistik ko'rsatkich va subko'rsatkichlardan iborat bo'lgan ustuvor omillar va ularning vaznlari asosida hududlar investisiya salohiyati baholanadi;

-         boshqaruv samaradorligi. Mazkur yo'nalishda hududlarda tadbirkorlarning so'rov natijalari orqali ko'rsatkich va subko'rsatkichlar asosida boshqaruv samaradorligi baholanadi.

Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi reytingni baholash operatori bo'lib, kuyidagi vazifalarni bajarish uchun mas'ul hisoblanadi:

-         baholash jarayonini umumiy muvofiqlashtirish;

-         elektron platformani boshqarish;

-         natijalarni taqdim etish.

Reyting ballari 4 ta bosqichda elektron platforma orqali hisoblanadi. Baholash operatori reyting baholash natijalari bo'yicha tahliliy ma'lumotnoma tayyorlaydi.

 

Chirchiq shshar adliya bo’limi

YXKM boshlig’i                                                              A.Fayziyev