Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

“Mahalla fuqarolar yig'ini yagona reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to'g'risida”gi nizom qaysi qaror bilan tasdiqlandi?


“Mahalla fuqarolar yig'ini yagona reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to'g'risida”gi nizom qaysi qaror bilan tasdiqlandi?

Javob: Hukumat qarori (586-son, 15.09.2025-y.) bilan “Mahalla fuqarolar yig'ini yagona reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

Reyestr davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan idoralararo elektron hamkorlik uchun zarur bo'lgan mahalla fuqarolar yig'iniga oid yagona ma'lumot manbai hisoblanadi. Reyestr Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qaroriga asosan O'zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan shakllantiriladi, reyestr Uyushma tomonidan “Raqamli mahalla” axborot tizimida yuritiladi.

                 Reyestrda quyidagi ma'lumotlar shakllantiriladi, jumladan:

▪️ mahallaning to'liq va qisqacha nomi;

▪️ mahalla kodi;

▪️ soliq to'lovchining identifikasiya raqami;

▪️ Kengash qarori sanasi va raqami;

▪️ mahalla joylashgan hudud;

▪️ mahallaning hududiy chegarasi geoma'lumotlari.

Ma'lumotlar Reyestrdan mahalla kodi yoki mahalla STIRidan foydalanish orqali olinadi.

 

 

Chirchiq shshar adliya bo’limi

YXKM boshlig’i                                                              A.Fayziyev