Янгиликлар
Yer sohasidagi korrupsion omillarning oldini olish qanday choralari bor va natijadorligi qanday?
Yer sohasidagi korrupsion omillarning oldini olish qanday choralari bor va natijadorligi qanday?
Javob:“Yerga oid munosabatlarda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–287-son, 18.09.2025-y.) qabul qilindi. Qarorga ko'ra, Kadastr agentligining “E-YER NAZORAT” tizimi davlat yer nazoratini yuritishning yagona elektron platformasi hisoblanadi, 2026-yil 1-yanvardan maxsus vakolatli davlat organlarining yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, jumladan, yerlarni o'zboshimchalik bilan egallash, ularga tegishli choralar ko'rishga oid vazifalari faqatgina “E-YER NAZORAT” tizimi orqali amalga oshiriladi.
Yerga oid huquqbuzarlik darajasiga ko'ra hudularni quyidagicha toifalarga bo'lish belgilandi:
- “qizil” toifadagi hudud – yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni o'zboshimchalik bilan egallash ehtimoli yuqori hududlar;
- “sariq” toifadagi hudud – yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni o'zboshimchalik bilan egallash ehtimoli o'rta hududlar;
- “yashil” toifadagi hudud – yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni o'zboshimchalik bilan egallash ehtimoli past hududlar.
Bunda “qizil” toifadagi hududlarda maxsus dronlardan foydalangan holda har chorakda kamida 1 marotaba, “sariq” toifadagi hududlarda maxsus samolyot yordamida har 6 oyda kamida 1 marotaba monitoring kuzatuvlari olib boriladi.
Chirchiq shshar adliya bo’limi
YXKM boshlig’i A.Fayziyev