Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Lombardda omonat saqlash qanday tartibda amalga oshiriladi ?


Lombardda omonat saqlash qanday tartibda amalga oshiriladi ?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 894-moddasida Lombardda omonat saqlash to‘g‘risidagi qoidalar belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Lombardda omonat saqlash uchun fuqarolardan shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar ashyolar qabul qilinishi mumkin.

Ashyoni lombardda omonat saqlash shartnomasi lombard tomonidan yuk topshiruvchiga (mijozga) uning nomi yozilgan saqlov pattasi berish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.

Lombardga saqlash uchun topshiriladigan ashyo taraflarning kelishuvi bilan saqlash uchun qabul qilish paytida va joyida odatda savdoda shu turdagi va sifatdagi ashyoga belgilanadigan narxlarga muvofiq baholanishi kerak.

Lombard saqlash uchun qabul qilingan ashyolarni ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq chiqarilgan narxning toʻliq summasida oʻz hisobidan yuk topshiruvchi foydasiga sugʻurtalashi shart.

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        I.V.Valiboyev