Янгиликлар
Tutingan ota-ona haqida ma’lumot berib o‘tsangiz ?
Tutingan ota-ona haqida ma’lumot berib o‘tsangiz ?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksining 198-moddasida Tutingan ota-ona haqida ma’lumot berib qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Voyaga yetgan har ikki jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona boʻlishlari mumkin, quyidagilar bundan mustasno:
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklangan shaxslar;
qonun bilan oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatni lozim darajada bajarmaganligi uchun vasiylik yoki homiylik vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar;
ilgari farzandlikka bola olgan, lekin ushbu Kodeks 169-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha sud tomonidan farzandlikka olish bekor qilingan shaxslar;
qasddan qilgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilingan shaxslar;
sogʻligʻining holatiga koʻra bolani tarbiyalash majburiyatini bajara olmaydigan shaxslar.
Tutingan ota-onalarni tanlash vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tutingan ota-ona tarbiyaga olingan bolaga nisbatan vasiylik huquq va majburiyatlariga egadir.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti I.V.Valiboyev