Янгиликлар
Tugʻilish toʻgʻrisidagi yozuvlar daftariga bolaning ota-onasini yozish tartibi qanday haqida tushuntirish bersangiz?
Tugʻilish toʻgʻrisidagi yozuvlar daftariga bolaning ota-onasini yozish tartibi qanday haqida tushuntirish bersangiz?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 207-moddasida Tugʻilish toʻgʻrisidagi yozuvlar daftariga bolaning ota-onasini yozish tartibi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Oʻzaro nikohda boʻlgan ota va onadan birining arizasiga koʻra tugʻilish toʻgʻrisidagi yozuvlar daftarida ular bolaning ota-onasi deb yoziladi.
Agar ota-ona oʻzaro nikohda boʻlmasalar, bolaning onasi toʻgʻrisidagi yozuv onaning arizasiga koʻra, otasi toʻgʻrisidagi yozuv esa, bolaning otasi va onasining birgalikdagi arizasi boʻyicha yoxud sudning hal qiluv qaroriga asosan yoziladi. Ona vafot etgan yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoxud onalik huquqidan mahrum etilganda, shuningdek onaning qayerda ekanligini aniqlash mumkin boʻlmaganda ota toʻgʻrisidagi yozuv otaning arizasiga koʻra vasiylik va homiylik organining roziligi bilan yoziladi.
Nikohda boʻlmagan onadan bola tugʻilganda ota-onaning birgalikdagi arizasi va otalikni belgilash toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori boʻlmasa, tugʻilish toʻgʻrisidagi yozuvlar daftarida otaning familiyasi onaning familiyasi boʻyicha, otaga tegishli ism, otasining ismi va millati — ona koʻrsatmasi boʻyicha yoziladi.
Agar ota-onaning ikkalasi ham nomaʼlum boʻlsa, ota va ona haqidagi yozuvlar vasiylik va homiylik organi koʻrsatmasiga asosan yoziladi.
Nikohda boʻlgan va sunʼiy homila hosil qilish yoki embrionni koʻchirishga yozma rozilik bergan shaxslarda shu usullarni qoʻllashi natijasida bola tugʻilsa, tugʻilish toʻgʻrisidagi yozuvlar daftariga ular shu bolaning ota-onasi deb yoziladi.
Oʻzaro nikohda boʻlgan va boshqa ayolga homilani rivojlantirish maqsadida embrionni koʻchirishga yozma rozilik bergan shaxslar bolani tuqqan ayolning (qondosh onaning) roziligi bilangina bolaning ota-onasi deb yozilishi mumkin.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti I.V.Valiboyev