Янгиликлар
O‘limni qayd etish tartibi qanday amalga oshiriladi ?
O‘limni qayd etish tartibi qanday amalga oshiriladi ?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 223-moddasida O‘limni qayd etish tartibi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Oʻlimni qayd etish marhumning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi sudning hal qiluv qaroriga asosan oʻlimni qayd etish sudning mazkur qarorida koʻrsatilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi. Agar sudning hal qiluv qarorida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi koʻrsatilmagan boʻlsa, oʻlimni qayd etish ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hayotining birinchi haftasi davomida oʻlgan bolalarning tugʻilganligi va oʻlimi tibbiy muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida qayd etiladi.
Oʻlim sodir boʻlganligi haqidagi ariza oʻlim sodir boʻlgan kuni yoki murda topilgach, uch kundan kechiktirmay berilishi zarur.
Oʻlimni fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd etmasdan marhumni dafn qilish taqiqlanadi.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti I.V.Valiboyev