Янгиликлар
Haq undirishni er-xotinning mol-mulkiga qaratish qanday amalga oshiriladi?
Haq undirishni er-xotinning mol-mulkiga qaratish qanday amalga oshiriladi?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 34-moddasida Haq undirishni er-xotinning mol-mulkiga qaratish belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Er (xotin)ning majburiyatlari boʻyicha haq undirish faqat uning mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Ushbu mol-mulk yetarli boʻlmagan taqdirda haq undirishni er-xotinning mol-mulkiga qaratish uchun kreditor qarzdor er (xotin) ulushini er-xotinning umumiy mol-mulkidan ajratib undirib berilishini talab qilishga haqlidir.
Agar sud er (xotin)ning majburiyatlari boʻyicha orttirilgan barcha ashyolar oila ehtiyojlari uchun ishlatilganligini aniqlasa, er-xotinning umumiy majburiyatlari boʻyicha, shuningdek er (xotin)ning majburiyatlari boʻyicha haq undirish er-xotinning umumiy mol-mulkiga qaratiladi. Bu mol-mulk yetarli boʻlmagan taqdirda er-xotin koʻrsatib oʻtilgan majburiyatlar yuzasidan ularning har biriga qarashli mol-mulk bilan sherik javobgar boʻladilar.
Agar er-xotinning umumiy mol-mulki ularning biri tomonidan jinoiy yoʻl bilan topilgan mablagʻ hisobiga orttirilgani yoki koʻpaygani sud hukmi bilan aniqlangan boʻlsa, haqni undirish tegishli ravishda er-xotinning umumiy mol-mulkiga yoki uning bir qismiga qaratilishi mumkin.
Er-xotinning voyaga yetmagan bolalari yetkazgan zarar uchun javobgarligi fuqarolik qonunchiligi bilan belgilanadi.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti I.V.Valiboyev