Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Nikohdan sud tartibida ajratish qanday tartibda amalga oshiriladi?


Nikohdan sud tartibida ajratish qanday tartibda amalga oshiriladi?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 40-moddasida Nikohdan sud tartibida ajratish belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlar sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida daʼvo ishlarini hal qilish uchun belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

Sud ishning koʻrilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli.

Sud er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlab, ishning koʻrilishini keyinga qoldirgan taqdirda, er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan boʻlsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini er-xotinni yarashtirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xabardor qilishi kerak.

Sud oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga koʻra yarashish uchun muhlat tayinlamaydi.

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        I.V.Valiboyev