Янгиликлар
Nikohdan ajratish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqarish vaqtida sud tomonidan hal etiladigan masalalar jumlasiga nimalar kiradi ?
Nikohdan ajratish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqarish vaqtida sud tomonidan hal etiladigan masalalar jumlasiga nimalar kiradi ?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 44-moddasida Nikohdan ajratish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqarish vaqtida sud tomonidan hal etiladigan masalalar belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Nikohdan sud tartibida ajratilayotganda er va xotin voyaga yetmagan bolalari kim bilan yashashi, bolalarga va (yoki) mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj er yoki xotinga taʼminot berish uchun mablagʻ toʻlash tartibi, bu mablagʻning miqdori yoxud er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlishga doir kelishuvni koʻrib chiqish uchun sudga taqdim qilishlari mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha er va xotin oʻrtasida kelishuv boʻlmagan taqdirda, shuningdek ushbu kelishuv bolalar yoki er-xotindan birining manfaatlariga zid ekanligi aniqlangan taqdirda sud:
nikohdan ajratilgandan keyin voyaga yetmagan bolalar ota-onasining qaysi biri bilan yashashini aniqlashi;
voyaga yetmagan bolalarga taʼminot berish uchun ota-onaning qaysi biridan va qancha miqdorda aliment undirilishini aniqlashi;
er va xotinning (ulardan birining) talabiga koʻra ularning birgalikdagi mulki boʻlgan mol-mulkni boʻlishi;
er (xotin)dan taʼminot olishga haqli boʻlgan xotin (er)ning talabiga koʻra ana shu taʼminot miqdorini belgilashi shart.
Mol-mulkni boʻlish uchinchi shaxslarning manfaatiga daxldor boʻlgan hollarda sud mol-mulkni boʻlish talabini alohida ish yuritish uchun ajratadi.
Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganida toʻyni oʻtkazishga ketgan sarf-xarajatlarni undirish haqidagi talablar qanoatlantirilmaydi.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti I.V.Valiboyev