Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Ikkinchi va undan keyingi ish yili uchun yillik mehnat ta’tiliga ish yilining istalgan paytida chiqish mumkinmi?


Ikkinchi va undan    keyingi ish yili uchun yillik mehnat ta’tiliga ish yilining istalgan paytida chiqish mumkinmi?

Mehnat kodeksining 228-moddasi (Ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tilini berish tartibi) 4-qismiga ko‘ra, xodimning xohishiga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili unga qulay bo‘lgan vaqtda quyidagilarga berilishi kerak:

ayollarga — homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin;

·         bolani parvarishlash ta’tilidan foydalanayotgan xodimga ushbu ta’tildan oldin yoki keyin;

·         o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bir yoki undan ortiq nafar bolani (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani) tarbiyalayotgan shaxslarga (yolg‘iz ota-onaga, shu jumladan beva ayollarga, beva erkaklarga, nikohdan ajralganlarga, muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning xotinlariga, ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarga);

·         I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga;

·         1941 — 1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

·         o‘n sakkiz yoshdan kichik bo‘lgan shaxslarga;

·         ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotganlarga, agar ular o‘zining har yilgi mehnat ta’tilini imtihonlar, sinovlar (zachyotlar) topshirish, bitiruv malakaviy ishlarini, magistrlik dissertatsiyalarini, kurs, laboratoriya ishlarini va boshqa o‘quv ishlarini bajarish vaqtiga to‘g‘rilab olishni xohlasa;

·         «O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga;

·         jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida yoxud boshqa ichki hujjatlarda belgilangan hollarda boshqa xodimlarga.

Moddaning 5-qismiga ko‘ra, ishlaydigan erkaklarga har yilgi mehnat ta’tili ularning xohishiga ko‘ra xotinining homiladorlik va tug‘ish ta’tili davrida beriladi.

Demak, yuqoridagi toifa xodimlar ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tilini o‘zlari uchun qulay vaqtda olishlari mumkin. Ya’ni bu toifa xodimlar ta’tilga ariza yozishsa ta’tillar jadvali bilan belgilanadigan har yilgi mehnat ta’tillarini berish navbatidan oldin ham ta’tilga chiqishlari mumkin.

Yuqoridagi toifaga tushmagan hodimlarchi? MK 228-moddasi oxirgi qismiga ko‘ra, jadvalda belgilangan har yilgi mehnat ta’tilini berish vaqti xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan o‘zgartirilishi mumkin.

Bekobod tuman Adliya bo‘limi

YuXKM   boshlig‘i                                                      Nizomiddi Tursunov