Янгиликлар
«Xodim yoshga doir pensiya oladi. Keyingi vaqtlarda u juda ko‘p kasal bo‘lib, doimo «kasallik ta’tilini» oladigan bo‘ldi, bu esa ish natijalariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Uni pensioner sifatida ishdan bo‘shatishga haqlimizmi? Uning o‘zi ishdan bo‘shamoqchi
«Xodim yoshga doir pensiya oladi. Keyingi vaqtlarda u juda ko‘p kasal bo‘lib, doimo «kasallik ta’tilini» oladigan bo‘ldi, bu esa ish natijalariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Uni pensioner sifatida ishdan bo‘shatishga haqlimizmi? Uning o‘zi ishdan bo‘shamoqchi emas. Mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan».
– Yo‘q, ish beruvchi xodim pensiya yoshiga yetganligi sababli u bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli emas.
Yangi MK bu pozitsiyani ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra ishdan bo‘shatish uchun asoslar ro‘yxatidan chiqarib tashladi . Ammo bu ish beruvchi ushbu xodim bilan mehnat shartnomasini boshqa asoslar bo‘yicha bekor qila olmasligini anglatmaydi. 1-variant: tomonlarning kelishuviga ko‘ra
Agar xodim o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shashni istamasa, unga mehnat shartnomasini tomonlarning kelishuviga ko‘ra bekor qilishni taklif qilish mumkin Bunday holda, agar ish beruvchining moliyaviy imkoniyatlari yo‘l qo‘ysa, xodim uchun qulay shartlarni (masalan, ishdan bo‘shatish munosabati bilan ma’lum moddiy yordam) nazarda tutish mumkin bo‘lgan mehnat shartnomasiga qo‘shimcha kelishuv tuziladi. Ammo, agar xodim bunga qarshi bo‘lsa, ushbu asos bo‘yicha mehnat shartnomasini bekor qilib bo‘lmaydi.
Bekobod tuman Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i Nizomiddi Tursunov