Янгиликлар
Ketma-ket 2 nafar farzandim tug‘ilgani uchun «dekret»daman. Endi uchinchi farzandimga ham tug‘ish ta’tili olmoqchi bo‘lsam, menga ta’til puli beriladimi? Yoki o‘rtada 5-6 oy ishlab keyin tug‘ish ta’tiliga chiqishim kerakmi?

Javob:Homiladorlik va tug‘ish ta’tilini keyingisiga ulashda limit ya’ni cheklov yo‘q. 3-farzandingiz uchun ham ta’tilga chiqsangiz tug‘ish nafaqasi to‘liq to‘lab beriladi.
«Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida»gi Yo‘riqnomaning 29-bandiga ko‘ra, bola ikki va uch yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’til yoki ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’tilda bo‘lgan ayollarning takroriy homiladorligi uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda beriladi.
Bekobod tuman Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i Nizomiddi Tursunov