Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Ish stajiga nimalar kiradi?


Ish stajiga nimalar kiradi?

Javob:Pensiya tayinlashda rasmiy ishlab, ish haqi hisoblangan davrlar, yakka tartibdagi tadbirkor, o‘zini o‘zi band qilgan yoki xorijda ishlagan shaxs sifatida Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘langan davrlar ish stajiga hisoblanadi.

Pensiya jamg‘armasining eslatishicha, ayollarda rasmiy ishlab, ish haqi hisoblangan va yakka tartibdagi tadbirkor, o‘zini o‘zi band yoki xorijda ishlagan shaxs sifatida ijtimoiy soliq to‘langan davrlari jami 20 yil bo‘lganda 54 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqish imtiyozi mavjud.

Bunda, yuqoridagi davrlar uchun kamida 7 yil ish stajiga ega bo‘lganda fuqaroning harbiy xizmat, oliy o‘quv yurtidagi kunduzgi o‘qish hamda bola parvarishi uchun ta’tilda bo‘lgan (har bir bola uchun 3 yil, jami 6 yilgacha) davrlar ham umumiy ish stajiga qo‘shiladi.

Bekobod tuman Adliya bo‘limi

YuXKM   boshlig‘i                                                      Nizomiddi Tursunov