Янгиликлар
Xodim harbiy xizmatga chaqirildi. U kadrlar bo‘limiga bu haqdagi hujjatlarni taqdim etdi. Bunga javoban rahbar unga «o‘z xohishiga ko‘ra» ishdan bo‘shash haqida ariza yozishni taklif qildi. Shunday qilish to‘g‘rimi?
Xodim harbiy xizmatga chaqirildi. U kadrlar bo‘limiga bu haqdagi hujjatlarni taqdim etdi. Bunga javoban rahbar unga «o‘z xohishiga ko‘ra» ishdan bo‘shash haqida ariza yozishni taklif qildi. Shunday qilish to‘g‘rimi?
Javob:– Yo‘q, xodimni «o‘z xohishiga ko‘ra» ishdan bo‘shash haqida ariza yozishga majburlash – qonunga zid. Xodim shunday qilishga haqli, biroq majbur emas.
Bu holda taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holat – xodimning harbiy xizmatga chaqirilishi mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos hisoblanadi, bunda o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lash nazarda tutiladi
Xodim harbiy xizmatga chaqirilgan bo‘lsa, u mazkur holat yuzasidan hech qanday ariza yozishi kerak emas. Mudofaa ishlari bo‘yicha hududiy bo‘limning chaqiruv qog‘ozi asosida mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtiriladi.
Xodim ta’tilga chiqishga ulgurgan bo‘lsa, harbiy xizmatga chaqirilishi munosabati bilan ishdan bo‘shatilayotganda ishlab berilmagan ta’til kunlari uchun undan «ta’til puli» ushlab qolinmaydi
Harbiy xizmatga chaqirilgan, lekin keyinchalik rezervga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqqan xodim, agar uning harbiy xizmatga chaqirilgan kunidan boshlab 3 oydan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytib kelish huquqiga ega
Bekobod tuman Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i Nizomiddi Tursunov