Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatlar deganda nima tushuniladi?


Iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatlar deganda nima tushuniladi?

Javob: Iqtisodiy sudlar o‘zining zimmasiga yuklatilgan odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyat jarayonida iqtisodiy protsessining boshqa ishtirokchilari bilan huquqiy munosabatga kirishadi. Bu munosabatlar iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatlar deb ataladi. Bunday huquqiy munosabatlar o‘ziga xos hususiyatlari bilan boshqa huquqiy munosabatlardan ajralib turadi: Birinchidan, iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatlarda iqtisodiy sud albatta ishtirok etadi. Iqtisodiy protsessual huquqiy munosabat iqtisodiy sud ishtirokisiz vujudga kela olmaydi. Protsessning barcha ishtirokchilari faqat iqtisodiy sud bilangina munosabatga kirishadi. Ammo, bu munosabatlar sud bilan protsessning barcha ishtirokchilari o‘rtasida bir vaqtning o‘zida vujudga kelmaydi. Iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatlar iqtisodiy sud (iqtisodiy sud sudyasi) bilan protsessda ishtirok etuvchi barcha shaxslar o‘rtasida iqtisodiy nizolarni va boshqa ishlarni ko‘rish va hal qilish, sud xujjatlarini qayta ko‘rish va ularni ijro qilish jarayonida vujudga keladi. Ikkinchidan, ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘zaro moddiy-huquqiy munosabatda bo‘lishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda ular iqtisodiy sudini chetlab turib o‘zaro iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatga kirisha olmaydilar. Uchinchidan, iqtisodiy protsessual munosabatlarda protsessning barcha ishtirokchilari faqat sud bilan protsessual munosabatlarda bo‘lsalar ham, ammo bu holat yagona bir butun protsessual huquqiy munosabatni vujudga keltirmaydi. To‘rtinchidan,iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatlarda asosiy sub’ekt bo‘lib ko‘rilgan iqtisodiy sudning odil sudlovni amalga oshiruvchi sub’ekt sifatidagi foliyati qonun xujjatlarida belgilab qo‘yilgan. Iqtisodiy sud va protsessning boshqa ishtiokchilari o‘rtasidagi munosabatlar ham qonun xujjatlari doirasida, asosan iqtisodiy protsessual kodeks vositasida tartibga solinadi. Demak, iqtisodiy sudlarining manfaatlari protsessual huquqiy munosabatning boshqa sub’ektlari manfaatlariga zid kelmaydi. Beshinchidan, iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatlar protsessual normalar asosida vujudga keladi. Har qanday huquqiy munosabat kabi, xo‘jalik protsessual huquqiy munosabatlar ham yuridik faktlar asosida vujudga keladi, o‘zgaradi va bekor bo‘ladi.

 

Bekobod tuman Adliya bo‘limi

YuXKM   boshlig‘i                                                      Nizomiddi Tursunov