Янгиликлар
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tarkibini tahlil qilib bersangiz?.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tarkibini tahlil qilib bersangiz?.
Javob: Sud, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilaridir.
41-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar. Taraflar, uchinchi shaxslar, prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar o‘z zimmalariga yuklatilgan vakolatlarga ko‘ra, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alohida toifadagi ishlar bo‘yicha arizachilar hamda boshqa manfaatdor shaxslar ishda ishtirok etuvchi shaxslar deb e’tirof etiladi.
42-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, ko‘chirma nusxa olish, rad qilish to‘g‘risida ariza berish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, savollar berish, iltimosnomalar kiritish, arz qilish, sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni ko‘rish davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo‘yicha o‘z vajlarini, xulosalarini taqdim qilish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlariga e’tiroz bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) hamda ushbu Kodeksda o‘zlariga berilgan boshqa protsessual huquqlardan foydalanish huquqiga ega. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburiyatlarga ega va ular o‘zlariga tegishli barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishi kerak. Korporativ nizoda ishtirok etayotgan taraflar bir-biridan va guvohlardan sudda ko‘rilayotgan ishga taalluqli bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha hujjatlarni so‘rab olish huquqiga ega, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi hujjatlar mustasno.
Bekobod tuman Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i Nizomiddi Tursunov