Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Iqtisodiy protsessual huquqiy vorislik tushunchasi nima?, shuningdek da’vogar va javobgarning maxsus protsessual huquqlari va majburiyatlarini aytib bersangiz?.


Iqtisodiy protsessual huquqiy vorislik tushunchasi nima?, shuningdek da’vogar va javobgarning maxsus protsessual huquqlari va majburiyatlarini aytib bersangiz?.

Javob:

Protsessual huquqiy vorislik. Taraflardan biri nizoli yoki sud hujjati bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan hollarda (yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish, qarzning boshqa shaxsga o‘tkazilishi, fuqaroning o‘limi va majburiyatlardagi shaxslar o‘zgarishining boshqa hollarida) sud bu tarafni uning huquqiy vorisi bilan almashtiradi. Huquqiy vorislik iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin. Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi. Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Taraf huquqiy voris bilan almashtirilganidan keyin iqtisodiy sud ishlarini yuritish almashtirish amalga oshirilgan bosqichning o‘zidan davom ettiriladi. Huquqiy voris ishga kirishguniga qadar sud protsessida amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga o‘rnini bo‘shatib bergan shaxsga qay darajada majburiy bo‘lgan bo‘lsa, huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiy bo‘ladi. Da’vogar da’vo taqdim etish, da’voning asosi yoki predmetini o‘zgartirish, da’vo talablarining miqdorini kamaytirish yoki ko‘paytirish, da’vodan qisman voz kechish, javobgar yesa qarshi da’vo taqdim yetish, taraflar yesa kelishuv bitimini tuzish huquqiga yega. Ba’zi protsessual huquq va majburiyatlar protsessning ba’zi bosqichlarida va alohida turdagi ish yurituv jarayonida vujudga kelishi mumkin. Jumladan, da’vogar ishni ko‘rish jarayonida hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar da’voning asosini o‘zgartirishga, javobgar yesa qarshi da’vo taqdim yetish huquqiga faqat ishni birinchi instansiya sudida ko‘rish jarayonida yega, apellatsiya shikoyati yuzasidan fikr-mulohazalarni bildirish apellatsiya instansiyasida amalga oshirilishi mumkin va hokazo.

Bekobod tuman Adliya bo‘limi

YuXKM   boshlig‘i                                                      Nizomiddi Tursunov