Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Mustaqil talab bilan arz qiluvchi va mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslarni qanday farqlari bor?.


Mustaqil talab bilan arz qiluvchi va mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslarni qanday farqlari bor?.

Javob: Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar ishga kirishishi mumkin. Ular da’vogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va uning barcha majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etish majburiyati mustasno. Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlanganidan keyin kirishsa, ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.

Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar, agar ish ushbu shaxslarning taraflardan biriga nisbatan huquq yoki majburiyatlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, da’vogar yoxud javobgar tarafida ishga kirishishi mumkin. Ular tarafning iltimosnomasiga yoki sudning tashabbusiga ko‘ra ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar tarafning protsessual huquqlaridan foydalanadi va uning protsessual majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan da’voning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, da’vo talablarining miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish, da’vodan voz kechish, da’voni tan olish yoxud kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish, qarshi da’vo taqdim etish, sud hujjatining majburiy ijro etilishini talab qilish huquqi mustasno. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxsni ishda ishtirok etishga jalb qilish yoki jalb qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlanganidan keyin kirishsa, ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.

 

Bekobod tuman Adliya bo‘limi

YuXKM   boshlig‘i                                                      Nizomiddi Tursunov