Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Iqtisodiy protsessda prokurorning ishtirok etish shakllari va asoslarini tushintirib bersangiz?


Iqtisodiy  protsessda  prokurorning  ishtirok  etish  shakllari  va asoslarini tushintirib bersangiz?

Javob: Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlariga da’vo arizasini (arizani) — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning o‘rinbosarlari taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasining barcha iqtisodiy sudlariga da’vo arizasi (ariza) taqdim etishga haqli. Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning da’vo arizasi (arizasi) asosida qo‘zg‘atilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas. Ishda ishtirok etuvchi prokuror ishning mazmuni bo‘yicha fikrini bayon etadi, bundan uning boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga doir da’vo arizasi (arizasi) bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishlar mustasno. Fuqaroning, yuridik shaxsning va davlatning manfaatlarini ko‘zlab da’vo arizasi (ariza) taqdim etgan prokuror da’vogarning huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi mustasno. Prokurorning o‘z da’vo arizasidan (arizasidan) voz kechishi da’vogarni (arizachini) ishni mazmunan ko‘rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. Prokuror tomonidan da’vogarning huquqini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan da’vodan da’vogarning voz kechishi da’vo arizasini (arizani) ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi.

Bekobod tuman Adliya bo‘limi

YuXKM   boshlig‘i                                                      Nizomiddi Tursunov