Янгиликлар
Iqtisodiy protsessda vakillik tushunchasi, asoslari va turlari bo‘yicha malumot bersangiz?
Iqtisodiy protsessda vakillik tushunchasi, asoslari va turlari bo‘yicha malumot bersangiz?
Javob: Iqtisodiy sudida vakillik qilish uchun, qonun, fuqarolik huquqidagi vakillik kabi fuqarolarga va yuridik shaxslarga ularni tegishli huquq va burchlarni vakolat beruvchi shaxs tomonidan boshqa shaxs (vakil)lar vositasida amalga oshirish huquqini beradi. qonunda ko‘rsatilganidek, yuridik shaxslar (tashkilot)ning sud ishlarini o‘z rahbarlari yoki vakillari tomonidan yuritadi, fuqarolar o‘z ishlarini sudda shaxsan o‘zlari yoki vakillari orqali yuritishlari mumkin. Fuqarolar sud ishida shaxsan qatnashib turib, vakilni ham ishga jalb etishga haqlidir. Turlari: qonuniy va shartnomaviy(ixtiyoriy).
Vakillar orqali ish yuritish. Sudda yuridik shaxslarning ishlarini ularning qonunchilikda yoki ta’sis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari va (yoki) vakillari yuritadi. Fuqarolar o‘z ishlarini sudda shaxsan o‘zlari va (yoki) vakillari orqali yuritishga haqlidir. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish bo‘yicha vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum qilmaydi. Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar yoki homiylar) himoya qiladi. Qonuniy vakillar sudda ish yuritishni o‘zlari tanlagan vakilga topshirishi mumkin. Agar qonunda bu bevosita nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagilar shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillar bo‘lishi mumkin: 1) advokatlar; 2) yuridik shaxslarning xodimlari — shu yuridik shaxslarning ishlari bo‘yicha; 3) notijorat tashkilotlarining vakolatli vakillari — shu tashkilotlar a’zolarining ishlari bo‘yicha; 4) qonunda boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarining vakolatli vakillari; 5) birgalikdagi protsessual ishtirokchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirig‘i bo‘yicha; 6) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosiga binoan sud tomonidan ruxsat berilgan boshqa shaxslar. Sudda vakil sifatida ishlarni yuritish bo‘yicha professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug‘ullanishi mumkin.
Bekobod tuman Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i Nizomiddi Tursunov