Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Nizolarni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish yuborish muddati, tartibi, shakli va boshq.) tartibini tushintirib bering?


Nizolarni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish yuborish   muddati,   tartibi,   shakli va boshq.) tartibini tushintirib bering?

Javob: Taraflar kelishuvida va qonunda nizo kelib chiqqan taqdirda nizoni sudga murojaat qilishdan oldin talabnoma yuborish lozimligi belgilab qo‘yilgan bo‘lsa va taraflar bu tartibga rioya qilmasa, nizoni sudda hal qilish huquqini yo‘qotadi. Agar ish ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibini buzish (talabnomani javobsiz qoldirish, talab qilingan hujjatlarni jo‘natmaslik) oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa, sud ishning natijasidan qat’i nazar, sud xarajatlarini shu shaxsning zimmasiga yuklatishga haqli.

        Talabnoma bildirish tartibi. Huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mazkur huquq va manfaatlarni buzgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga nisbatan talabnoma bildirishga haqlidir. Talabnoma yozma shaklda bildiriladi. Talabnomada quyidagilar ko‘rsatiladi: -talabnoma bildirgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning va talabnoma bildirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning nomi; -talabnoma bildirilgan sana va uning raqami; -talabnoma bildirish uchun asos bo‘lgan holatlar; -talabnomada bayon etilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillar; -arz qiluvchining talablari; -talabnoma summasi va uning hisob-kitobi, arz qiluvchining to‘lov va pochta rekvizitlari; -talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati. Talabnoma xo‘jalik yurituvchi sub’ektning rahbari yoki rahbarning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi. Talabnoma buyurtma yoki qimmatli xat tarzida, telegraf, teletayp orqali, shuningdek talabnoma jo‘natilganligini qayd etadigan, qabul qilib oluvchini ogohlantiradigan boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda jo‘natiladi yoxud tilxat olib topshiriladi.

Talabnomani ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari. O‘ziga talabnoma bildirilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt talabnomani olgan kundan boshlab o‘n besh kunlik muddat ichida unga javob qaytarishi shart. Talabnomaga javob xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari yoki rahbarning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi va muhr bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi. Talabnomaga javob buyurtma yoki qimmatli xat tarzida, telegraf, teletayp orqali, shuningdek talabnoma jo‘natilganligini qayd etadigan, qabul qilib oluvchini ogohlantiradigan boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda jo‘natiladi yoxud tilxat olib topshiriladi. Talabnoma to‘liq yoki qisman tan olingan taqdirda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt arz qiluvchiga o‘zi tan olgan summani ixtiyoriy ravishda o‘tkazadi. Agar talabnomani tan olish to‘g‘risidagi javobda tan olingan summa o‘tkazilishi haqida ma’lumot bo‘lmasa, talabnoma bildirgan taraf javob olingandan so‘ng yigirma kun muddat o‘tgach, bank muassasasiga qarzdor tan olgan summani so‘zsiz tartibda o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishni taqdim etishga haqli. Farmoyishga qarzdorning javobi ilova qilinadi.

 

Bekobod tuman Adliya bo‘limi

YuXKM   boshlig‘i                                                      Nizomiddi Tursunov