Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Kredit boʻlsa xorijga chiqishga taqiq qoʻyiladimi ?


Kredit boʻlsa xorijga chiqishga taqiq qoʻyiladimi ?

Javob:

Agar siz bank yoki mikromoliya tashkilotidan kredit olib, to‘lovlarni shartnoma asosida o‘z vaqtida amalga oshirib kelayotgan bo‘lsangiz, xorijga chiqishga mutlaqo hech qanday to‘siq yo‘q. Bu holatda fuqarolarning chiqish huquqi cheklanmaydi.

Biroq agar kredit qarzdorligi bo‘yicha ish sudga oshirilgan, sud qarori chiqarilgan va ijro harakatlari (MIB orqali) boshlangan bo‘lsa, ana shunda fuqaroga vaqtinchalik chet elga chiqish taqiqlanishi mumkin. Bu tartib “Chet davlatlarga chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (https://lex.uz/uz/docs/-4162591) va Fuqarolik protsessual kodeksi normalariga asoslanadi.

Agar o‘zingizga nisbatan chiqish cheklovi qo‘yilgan-qo‘yilmaganini bilishni xohlasangiz, buni osongina tekshirishingiz mumkin:

Bekobod tuman Adliya bo‘limi

YuXKM   boshlig‘i                                                      Nizomiddi Tursunov