Янгиликлар
Qanday xolatlarda oila ko‘p bolali xisoblanadi?
Qanday xolatlarda oila ko‘p bolali xisoblanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 41-moddasiga asosan To‘rt nafar va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan oila ko‘p bolali oiladir. Bunda, agar to‘rt nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan ko‘prog‘i ta’limning kunduzgi shaklida (o‘rta maxsus va professional, oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan hamda yigirma ikki yoshga to‘lmagan bo‘lsa, bu oila ham ko‘p bolali oila deb hisoblanadi.
Davlat ko‘p bolali oilalarga qonunchilikka muvofiq imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini ta’minlaydi.
Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM
Bosh yuristkonsulti Payziev M.M.