Янгиликлар
Mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatini ilmiy ish bilan birga olib borayotgan shaxslarga qanday huquq va imtiyozlar beriladi?
Mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatini ilmiy ish bilan birga olib borayotgan shaxslarga qanday huquq va imtiyozlar beriladi?
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 387-moddasiga muvofiq, mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatini ilmiy ish bilan birga olib borayotgan shaxslarga asosiy ish joyida o’rtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda xodimlarga olib borayotgan ilmiy ishi va yo’nalishiga qarab quyidagi muddatlarga ijodiy ta’tillar beriladi:
-falsafa doktori ya’ni doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasini olishga doir dissertatsiyani yakunlash uchun hamda darsliklar va o’quv-uslubiy qo’llanmalar qo’lyozmalarining mualliflariga uch oyga qadar;
Fan doktori ya’ni Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasini olishga doir doktorlik dissertatsiyani yakunlash uchun olti oyga qadar.
Qolaversa shuni alohida ta’kidlash joizki, ilmiy Daraja olishga da’vogarlarga, shuningdek, darsliklarning yoki o’quv-uslubiy qo’llanmalarning mualliflariga navbatdagi yillik mehnat ta’tillari ular ijodiy ta’tillardan foydalanganligidan qat’i nazar beriladi.
Nurafshon shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi boshlig’i F.Nazarov