Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarda kelib chiqadigan nizolar yuzasidan sudga murojaat etish uchun qanday muddatlar belgilangan?


Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarda kelib chiqadigan nizolar yuzasidan sudga murojaat etish uchun qanday muddatlar belgilangan?    

 

Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni hal etish uchun murojaat etishda fuqarolik qonunchiligi bilan belgilangan umumiy da’vo muddatidan farq qiladi. Bunga sabab esa, mazkur holat mehnat qonunchiligida alohida normalar bilan belgilanganligidir. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 560-moddasida yakka tartibdagi mehnat nizosining ko’rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilishning quyidagi muddatlari belgilanadi:

-ishga tiklash to’g’risidagi nizolar bo’yicha xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi ish beruvchini buyrug’ining ko’chirma nusxasi topshirilgan Kundan boshlab uch oy;

-xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararningo’rnini qoplash to’g’risidagi nizolar bo’yicha ish beruvchi zarar yetkazilganligini aniqlagan kundan boshlab bir yil;

-boshqa mehnat nizolari bo’yicha xodim o’zining huquq buzilganligi to’g’risida bilgan yoki bilishi kerak bo’lgan kundan e’tiboran olti oy.

Bunda xodimning hayotiga va sog’lig’iga yetkazilgan ziyonning o’rnini qolash to’g’risidagi nizolar bo’yicha shuningdek xodimga yetkazilganma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi nizolar bo’yicha sudga murojaat etish muddati belgilanmaydi.

 

 

     Nurafshon shahar Yuridik xizmat

   ko’rsatish markazi boshlig’i                                                                              F.Nazarov