Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Qaysi toifadagi shaxslar bilan mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinganda dastlabki sinov muddati qo’llanmasligi mumkin?


Qaysi toifadagi shaxslar bilan mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinganda dastlabki sinov muddati qo’llanmasligi mumkin?

 

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 129-moddasiga ko’ra quyidagi shaxslar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi:

homilador ayol, uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayol yoki uch yoshga toʻlmagan bolani yolgʻiz oʻzi tarbiyalayotgan ota (vasiy);

zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan boʻlgan shaxslar;

davlat grantlari asosida oʻqigan va oliy taʼlim tashkilotini tamomlagan kundan eʼtiboran uch oy ichida yoʻllanma boʻyicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari;

tegishli taʼlim tashkilotini tamomlagan kundan eʼtiboran bir yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi boʻyicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari;

oʻzi bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;

oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar;

ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar boʻyicha bekor qilgan boʻlsa, oʻsha shaxslar;

ishlab chiqarishda oʻqitish shartnomasi boʻyicha ushbu ish beruvchida oʻqishni oʻtagan oʻquvchilar;

jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.

 

 

 

 Nurafshon shahar Yuridik xizmat

   ko’rsatish markazi boshlig’i                                                                            F.Nazarov