Янгиликлар
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan so’ng, qancha muddatda va qanday tartibda u bilan hisob-kitob qilinadi?
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan so’ng, qancha muddatda va qanday tartibda u bilan hisob-kitob qilinadi?
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 172-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak. Bunda hisob-kitob xodimga:
oxirigacha olinmagan ish haqini;
xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qoʻshimcha taʼtillar uchun kompensatsiyalarni;
agar mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa toʻlovlarni toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu toʻlovlarni toʻlashni oʻz ichiga oladi.
Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli boʻlgan barcha summalarni toʻlash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.
Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan boʻlsa, tegishli summalar hisob-kitob qilish toʻgʻrisida xodim tomonidan talab qoʻyilganidan keyin uch kundan kechiktirmay toʻlanishi kerak.
Oʻzi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyingi davrda biror-bir toʻlovlar (oy, chorak, yil yakunlari boʻyicha mukofotlar) hisoblangan taqdirda, ushbu toʻlovlar xodim tomonidan tegishli talab qoʻyilganidan keyin uch kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Nurafshon shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi boshlig’i F.Nazarov