Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Ish beruvchi g’ayriqonuniy ravishda xodimni mehnat qilish imkoniyatidan mahrum qilish natijasida xodimga yetkazilgan ziyonning o’rni qanday qoplanadi?


Ish beruvchi g’ayriqonuniy ravishda xodimni mehnat qilish imkoniyatidan mahrum qilish natijasida xodimga yetkazilgan ziyonning o’rni qanday qoplanadi?

 

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 320-moddasiga asosan, ish beruvchi xodimni mehnat qilish imkoniyatidan gʻayriqonuniy ravishda mahrum etishning barcha hollarida u olmagan ish haqining oʻrnini unga qoplashi shart. Agar ish haqi quyidagilar natijasida olinmagan boʻlsa, shunday majburiyat yuzaga keladi:

ishga qabul qilish gʻayriqonuniy ravishda rad etilganligi;

xodim gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilganligi;

xodim ishdan gʻayriqonuniy ravishda chetlashtirilganligi;

xodim bilan mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi;

xodimga mehnat daftarchasi yoxud elektron mehnat daftarchasi koʻchirmasi berilishi ish beruvchi tomonidan kechiktirilganligi;

mehnat nizolarini koʻrib chiqish boʻyicha organning xodimni avvalgi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi qarorini oʻz vaqtida bajarmaganligi;

xodimning boshqa ishga kirishiga toʻsqinlik qiladigan, uning shaʼniga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlar har qanday usul bilan tarqatilganligi;

qonunlar hamda jamoa kelishuvlarida yoki jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollar.

Agar mazkur holat bo’yicha xodimga yetkazilgan ziyonni o’rnini qoplashda nizo yuzaga keladigan bo’lsa, unda masalani bevosita sud orqali hal qilish mumkin.

 

 

 

 

   Nurafshon shahar Yuridik xizmat

   ko’rsatish markazi boshlig’i                                                                            F.Nazarov