Янгиликлар
Mehnat qonunchiligida xodimga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to’lovlar to’lanishi kechiktirilganligi uchun qanday choralar ko’rilishi belgilangan?
Mehnat qonunchiligida xodimga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to’lovlar to’lanishi kechiktirilganligi uchun qanday choralar ko’rilishi belgilangan?
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 333-moddasiga asosan, ish beruvchi ish haqini, taʼtil toʻlovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi toʻlovlarni va (yoki) xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni toʻlash muddatini buzgan taqdirda, ularni toʻlov muddatidan keyingi kundan eʼtiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni oʻz ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oʻsha vaqtda amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga toʻlashi shart.
Xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan pulli kompensatsiyaning miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining oʻn foizi miqdorida belgilanadi.
Yuqoridagi norma orqali belgilangan, xodimga toʻlanadigan pulli kompensatsiyaning miqdori jamoa shartnomasi, ichki hujjat yoki mehnat shartnomasi bilan oshirilishi mumkin. Mazkur pulli kompensatsiyani toʻlash majburiyati ish beruvchining oylik ish haqini yoki xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni toʻlashning kechiktirilishida aybi bor-yoʻqligidan qatʼi nazar yuzaga keladi.
Shu sababli ish beruvchilar xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni to’lash muddatlariga e’tibor qaratishi va to’lovlar kechikmasligiga mas’uliyat bilan yondashishlari o’zlari uchun og’ir oqibatlar kelib chiqishini oldini olgan bo’ladi.
Nurafshon shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi boshlig’i F.Nazarov