Янгиликлар
Xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan ziyon qanday holatda yuzaga keladi va uni qoplanish tartibi qanday?
Xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan ziyon qanday holatda yuzaga keladi va uni qoplanish tartibi qanday?
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 337-moddasiga asosan xodim ish beruvchiga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazilgan haqiqiy zararning oʻrnini qoplashi shart.
Olinmagan daromadlar (boy berilgan foyda) xodimdan undirilmaydi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazilgan haqiqiy zarar deganda ish beruvchining mavjud mol-mulki (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchidagi mol-mulki, agar ish beruvchi mazkur mol-mulkni but saqlanishi uchun javobgar boʻlsa) amalda kamayganligi yoki yomon holatga kelganligi, shuningdek ish beruvchi uchun mol-mulkni sotib olish, tiklash yoxud xodim tomonidan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun ortiqcha xarajatlar qilish va toʻlovlarni amalga oshirish zarurati tushuniladi.
Agar zarar uni bartaraf etib boʻlmaydigan kuch, oqlangan xoʻjalik tavakkalchiligi, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa yoxud ish beruvchining xodimga ishonib topshirilgan mol-mulkni saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash boʻyicha majburiyatini bajarmaganligi oqibatida yuzaga kelgan hollarda xodimning moddiy javobgarligi istisno etiladi.
Oqlangan xoʻjalik tavakkalchiligi deganda qoʻyilgan maqsadga boshqacha tarzda erishish mumkin boʻlmaganda, xodimning oʻz zimmasiga yuklatilgan lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajargan, muayyan darajada gʻamxoʻrlik koʻrsatgan va ehtiyotkorlik qilgan, zararni bartaraf etish choralarini koʻrgan holda hamda xoʻjalik tavakkalchiligining obyekti odamlarning hayoti va sogʻligʻidan emas, balki moddiy boyliklardan iborat boʻlgan hollarda zamonaviy bilim va tajribaga muvofiq qilgan harakatlari tushuniladi.
Nurafshon shahar Yuridik xizmat ko’rsatish
markazi bosh yuristkonsulti Sh.Muxamataliyev