Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Qanday hollarda fuqarolik ishlari yuzasidan sudda ko’rilgan ish bo’yicha qabul qilingan Hal qiluv qarori qachon kuchga kirgan hisoblanadi?


Qanday hollarda fuqarolik ishlari yuzasidan sudda ko’rilgan ish bo’yicha qabul qilingan Hal qiluv qarori qachon kuchga kirgan hisoblanadi?

   

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 264-moddasiga asosan, sudning hal qiluv qarori, agar uning ustidan shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) boʻlsa, apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtganidan keyin qonuniy kuchga kiradi. Hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda, hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, ishni apellyatsiya instansiyasi sudi koʻrib chiqqanidan keyin qonuniy kuchga kiradi.

Hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin taraflar va ishda ishtirok etgan boshqa shaxslar, shuningdek ularning huquqiy vorislari sudga oʻsha asoslar boʻyicha yangidan oʻsha talablarni arz qilishi, shuningdek sud aniqlagan faktlar va huquqiy munosabatlar xususida boshqa protsessda nizolashishi mumkin emas.

Agar ish sudda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda prokuror yoki davlat boshqaruvi organi, tashkilot yoki ayrim fuqarolarning arizasi boʻyicha boshlangan boʻlsa, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori ish kimning manfaatini koʻzlab qoʻzgʻatilgan boʻlsa, ana shu shaxs uchun majburiydir. Agar javobgardan davriy toʻlovlarni (alimentlar, sogʻliqqa shikast yetkazilganda koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash yoki vafot etganlik bilan bogʻliq toʻlovlar va hokazo) undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin toʻlovlarning miqdoriga yoki muddatini belgilashga taʼsir etuvchi holatlar jiddiy ravishda oʻzgarsa, har bir taraf yangidan ariza berish yoʻli bilan toʻlovlarning miqdori va muddatini oʻzgartirishni talab qilishga haqli.

 

 

 

 

Nurafshon shahar Yuridik xizmat ko’rsatish

markazi bosh yuristkonsulti                                                             Sh.Muxamataliyev