Янгиликлар
Qanday hollarda da’vo tartibidagi ariza bo’yicha sud ishi sirtdan yuritilishi mumkin?
Qanday hollarda da’vo tartibidagi ariza bo’yicha sud ishi sirtdan yuritilishi mumkin?
O’zbekiston Respublikasi Fuqwarolik Protsessual kodeksi 280-moddasiga asosan sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan, kelmaganligining uzrli sabablari borligi haqida xabar bermagan va ishni uning ishtirokisiz koʻrish toʻgʻrisida soʻramagan taqdirda, agar daʼvogar bunga eʼtiroz bildirmasa, ish sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilishi mumkin. Ishni bunday tartibda koʻrish haqida sud ajrim chiqaradi. Javobgar tegishli tarzda xabardor qilinganligi haqida ishda maʼlumot boʻlishi kerak.
Ishda bir nechta javobgar ishtirok etgan va sud majlisiga barcha javobgarlar kelmagan taqdirda, ish sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilishi mumkin.
Nurafshon shahar Yuridik xizmat ko’rsatish
markazi bosh yuristkonsulti Sh.Muxamataliyev