Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Xodim bir tashkilot yoki tarmoqda ishlagan davri uchun qo’shimcha haq to’lanadigan ta’til qanday tartibda belgilanadi?


Xodim bir tashkilot yoki tarmoqda ishlagan davri uchun qo’shimcha haq to’lanadigan ta’til qanday tartibda belgilanadi?

 

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 220-moddasiga asosan, xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun boʻlgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan koʻp boʻlmagan har yilgi qoʻshimcha mehnat taʼtili beriladi.

Yuqoridagi norma qonunchilikda oʻziga ish staji uchun har yilgi uzoqroq qoʻshimcha mehnat taʼtillari berilishi nazarda tutilgan ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, boshqa ichki hujjatlarda yoki mehnat shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har yilgi qoʻshimcha mehnat taʼtilini olish huquqini beruvchi ish stajiga boshqa ish beruvchidagi yoxud boshqa tarmoqdagi ish stajini kiritish nazarda tutilishi mumkin.

Agar xodim ish beruvchining taklifiga koʻra ishga qabul qilingan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har yilgi qoʻshimcha mehnat taʼtilini olish huquqini beruvchi ish stajiga boshqa ish beruvchidagi ish staji kiritiladi. Mikrofirmalar xodimlariga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har yilgi qoʻshimcha mehnat taʼtili ushbu Kodeksning
505-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda beriladi.

 

 

 

Nurafshon shahar Yuridik xizmat ko’rsatish

markazi bosh yuristkonsulti                                                              Sh.Muxamataliyev