Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Qanday fuqarolikka oid ishlar sud tomonidan alohida tartibda ko’rib chiqiladi?


Qanday fuqarolikka oid ishlar sud tomonidan alohida tartibda ko’rib chiqiladi?

   

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 293-moddasiga asosan, sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi;

2) bolani farzandlikka olish (bundan buyon matnda farzandlikka olish deb yuritiladi) haqidagi;

3) fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish va fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi;

4) fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi;

5) shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi;

6) shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi;

7) voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) toʻgʻrisidagi;

8) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish haqidagi;

9) taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda, ular boʻyicha huquqlarni tiklash (chaqirib ish yuritish) toʻgʻrisidagi;

10) yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi.

 

 

 

 

 Nurafshon shahar Yuridik xizmat ko’rsatish

markazi bosh yuristkonsulti                                                              Sh.Muxamataliyev