Янгиликлар
Da’vo tartibida ish qo’zg’atish uchun berilgan arizada nimalar ko’rsatilgan bo’lishi kerak?
Da’vo tartibida ish qo’zg’atish uchun berilgan arizada nimalar ko’rsatilgan bo’lishi kerak?
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 189-moddasiga asosan da’vo tartibida ish qo’zg’atish haqidagi arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) daʼvogarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar daʼvogar tashkilot boʻlsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari, shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili;
3) javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar javobgar tashkilot boʻlsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari;
4) daʼvogarning talabi;
5) agar daʼvo baholanishi kerak boʻlsa, daʼvoning bahosi;
6) daʼvogar oʻz talabiga asos qilib koʻrsatayotgan holatlar va daʼvogar tomonidan bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
7) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
8) arizaga ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.
Ariza daʼvogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil tomonidan berilgan boʻlsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak.
Nurafshon shahar Yuridik xizmat ko’rsatish
markazi bosh yuristkonsulti Sh.Muxamataliyev