Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Fuqarolik ishlariga oid sudlarda qanday hollarda prokuror ishtirok etishi mumkin?


Fuqarolik ishlariga oid sudlarda qanday hollarda prokuror ishtirok etishi mumkin?

 

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 50-moddasiga asosan Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va davlat budjetidan undiruvlar bilan bogʻliq ishlarda yoki prokurorning daʼvo arizasi (arizasi) asosida qoʻzgʻatilgan ishlarda ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaxslarning arizasi bilan qoʻzgʻatilgan ishning muhokamasida oʻz tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.

Prokuror davlat manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

Agar fuqaro sogʻligʻining holati, yoshi yoki boshqa sabablarga koʻra sudda oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlmasa, prokuror fuqaroning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega.

Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlariga daʼvo arizasini (arizani) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning oʻrinbosarlari taqdim etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolik ishlari boʻyicha sudlariga daʼvo arizasini (arizani) taqdim etishga haqli.

 

 

 

Nurafshon shahar Yuridik xizmat ko’rsatish

markazi bosh yuristkonsulti                                                              Sh.Muxamataliyev