Янгиликлар
Deklaratsiyalash usullari
Deklaratsiyalash usullari
Tovarlarni deklaratsiyalash:
a) og‘zaki shaklda:
jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan tovarlarni bojsiz olib kirish normalaridan oshmaydigan tovarlari deklaratsiyalanayotganda;
qonunchilikda belgilangan normadan oshmaydigan, yozma shaklda deklaratsiyalash shart bo‘lgan summadagi naqd milliy va chet el valyutasi;
b) yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasidan foydalanilgan holda:
jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan tovarlarni bojsiz olib kirish normasidan oshadigan tovarlarining;
jismoniy shaxsning yashash joyi o‘zgarganda (avvalgi yashash joyidan hisobdan chiqarilganligi to‘g‘risida qayd mavjud bo‘lgan holda) uning shaxsiy mol-mulki bo‘lgan tovarlarning, bundan avtotransport vositalari mustasno;
jismoniy shaxs bojxona hududiga kirguniga yoki bu hududdan chiqquniga qadar yoki keyin olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan, alohida kuzatib boriladigan bagajda bojxona chegarasidan olib o‘tiladigan notijorat maqsadlardagi tovarlarning;
qonunchilikda belgilangan normadan oshadigan, yozma shaklda deklaratsiyalash shart bo‘lmagan summadagi naqd milliy va chet el valyutasi;
qonunchilikka muvofiq tegishli taqiqlar va (yoki) cheklovlar belgilangan tovarlarning;
v) bojxona yuk deklaratsiyasidan foydalanilgan holda:
yuridik shaxslar uchun va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar uchun tovarlarning, bundan tutilgan hollar mustasno;
jismoniy shaxslarning tijorat maqsadlaridagi tovarlarining;
g) tovarning kuzatuv hujjatlaridan foydalanilgan holda:
yuridik shaxslar uchun va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar uchun qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda, bundan tovarlar tashqi savdo kontraktlari (shartnomalari, kelishuvlari) bo‘yicha majburiyatlarni bajarish doirasida olib o‘tilayotgan va qonunchilikda belgilangan boshqa hollar mustasno;
xorijdagi ko‘rgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun mo‘ljallangan, ushbu tovarlarni deklaratsiyalash kunida rasmiy ayirboshlashning qiymati O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha besh ming AQSh dollarigacha bo‘lgan ekvivalentdagi tovarlarni olib chiqishda, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
.
qiymati rasmiy ayirboshlashning ushbu tovarlarni deklaratsiyalash kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha besh ming AQSh dollarigacha bo‘lgan ekvivalentdagi tovarlarni umumjahon Internet tarmog‘ida onlayn do‘konlari orqali eksport qilish chog‘ida amalga oshiriladi.
d)— elektron shaklda;