Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish.


Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish.

         O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ–459-sonli Qonuniga asosan amaldagi Jinoyat kodeksiga 411-modda (jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish) kiritildi.

         Unga ko‘ra, jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazilishi, agar bunday majburlash yoxud qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan bo‘lsa, jinoyat hisoblanmaydi.

          Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish – jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazish maqsadida kuch ishlatish yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilish.

            Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish orqasida jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik istisno etiladi.

            Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi masala, agar bunday majburlash yoki qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan bo‘lsa, JKning 38moddasi qoidalari qo‘llaniladi. Bunga misol tariqasida jismoniy zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki jismoniy majburlash orqali shifokor akusher yoki ginekolog tomonidan davolash muassasalaridan tashqari joylarda yoki tibbiy nuqtayi nazardan mumkin bo‘lmagan holda sun’iy ravishda homila tushirishni keltirish mumkin