Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Qilmishning huquqqa xilofligi.


Qilmishning huquqqa xilofligi.

              Jinoyatning yana bir zaruriy belgisi uning huquqqa xilofligidir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2, 14 va 16moddalarida huquqqa xilof qilmishlarning jinoyat ekanligi ko‘rsatilgan. Har bir qilmishning jinoyat ekanligi to‘g‘risida JK Maxsus qismining moddalari dispozitsiyasida ko‘zda tutilgan va o‘sha moddalarning sanksiyalarida shu jinoyat uchun jinoiy jazo belgilangan.

           Shunday qilmishlar ham bo‘ladiki, jinoyat hisoblanmaydi, jinoyatning alomatlari rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli bo‘lmasa, jinoyat hisoblanmaydi.

           Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 36-moddasida ham kam ahamiyatli qilmishlar tushunchasi berilgan bo‘lib, bunda jinoyat sifatida nazarda tutilgan qilmishning alomatlari mavjud bo‘lsa-da, o‘zining kam ahamiyatliligi uchun jinoyat hisoblanmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining ayrim moddalarida muayyan qilmish uning uchun oldin ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin yana sodir etilsagina jinoyat deb baholanishi nazarda tutilgan. Masalan, 109-modda (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 139-modda (tuhmat), 140-modda (haqorat qilish) va hokazolar. Bunday qilmishlar birinchi marta sodir qilinsa, ijtimoiy xavfli tus olmaydi. Ammo bunday qilmish ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin ham sodir etilsa, u ijtimoiy xavfli tus oladi va jinoyat hisoblanadi.

Yangiyo‘l tumani Adliya bo’limi

YXKM bosh yuristkonsulti:                  Sh.Amriyev