Янгиликлар
Aqli rasolik va aqli norasolik tushunchasi
Aqli rasolik va aqli norasolik tushunchasi
Shaxsning aqli raso ekanligining mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 18-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan.
Aqli raso shaxs – shaxsning jinoyat sodir etish vaqtida o‘z harakati (yoki harakatsizligi)ning xususiyati va ijtimoiy xavfliligini anglagan va o‘z harakatlarini boshqara olgan jinoyatning subyekti hisoblanadi.
Aqli noraso shaxs – shaxsning jinoyat sodir etish vaqtida o‘z harakatlari (yoki harakatsizligi)ning ijtimoiy xavfliligini va uning ijtimoiy xavfli oqibatini anglay olmaydigan va o‘z harakatlarini boshqara olmagan shaxs bo‘lib, aqli noraso shaxs jinoyatning subyekti bo‘la olmaydi. Biroq, JK 181-moddasi 1-qismiga ko‘ra jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini to‘liq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortiladi. Jinoyat huquqida shaxsni aqli noraso deb topish uchun quyidagi mezonlar bo‘lishi talab qilinadi. Ularga:
- Yuridik mezon;
- Tibbiy mezon.
Yuridik mezon ham o‘z navbatida:
- intellektual (shaxs sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishining xavflilik xususiyatini va oqibatini anglamaslik);
- irodaviy (o‘z harakatlarini boshqara olmaslik) kabi belgilardan tashkil topadi.
Yangiyo‘l tumani Adliya bo’limi
YXKM bosh yuristkonsulti: Sh.Amriyev