Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi va belgilari


Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi va belgilari

           Ishtirokchilik tushunchasi – O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 27-moddasiga ko‘ra ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi.

            Ishtirokchilikda jinoyat sodir etish jazoni va qilmishni og‘irlashtiruvchi holat bo‘lganligi sababli qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish hamda adolatli va qonuniy jazo tayinlashda jinoyatda ishtirokchilik tushunchasini va uning belgilarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi.

            Jinoyat kodeksining 56-moddasining “m” bandida jazoni og‘irlashtiruvchi holatlardan biri sifatida jinoyatni “bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan” sodir etilishi ifodalangan bo‘lsa, ushbu kodeksning maxsus qismi moddalarida “bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa”, “bir guruh shaxslar tomonidan”, “oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan” kabi qilmishni og‘irlashtiruvchi belgilar mavjud.

             Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat o‘z xususiyatiga ko‘ra yakka holda sodir etilgan jinoyatlardan xavfliroq hisoblanadi. Chunki ishtirokchilikda jinoyatni sodir etish yakka holda jinoyat sodir etishga nisbatan oson bo‘ladi. Bundan tashqari, jinoyatda ishtirokchilik jamiyat uchun ham ijtimoiy xavfli hisoblanadi. Ya’ni sodir etilgan jinoyat bitta bo‘lsa ham, jinoyatchilar soni ikki yoki undan ortiq bo‘ladi.               

             Ya’ni jinoyatda ishtirokchilik jinoyat soniga nisbatan jinoyatchilar soni ortishi bilan jamiyat uchun ijtimoiy xavfli hisoblanadi. Jinoyatda ishtirokchilikning belgilari

obyektiv va subyektiv belgilarga bo‘linadi.


Yangiyo‘l tumani Adliya bo’limi

YXKM bosh yuristkonsulti:                  Sh.Amriyev