Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida Prezident Farmoni qabul qilindi.


Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon quyidagi maqsadlarni ko'zda tutadi:

•                    korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini izchil davom ettirish;

•                    mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi pozitsiyasini yanada yaxshilash;

•                    O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida preventiv mexanizmlarni joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

Davlat tashkilotlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarining faoliyati Agentlik tomonidan muvofiqlashtirilishi belgilandi.

2026-yil 1-iyuldan boshlab (2030 yilgacha bosqichma-bosqich) davlat organlari va tashkilotlarida Korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etilmoqda.

Agentlik amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va ulardagi korrupsiyaviy xavflarni bartaraf qilish yuzasidan davlat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul organ etib belgilanmoqda.

Korrupsiyaning oldini olishning yaxlit tizimi – korrupsiyaning oldini olish klasteri joriy etilmoqda.

Bunda Klaster Agentlik, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, ilmiy muassasalar, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari va fuqarolik jamiyati institutlarining doimiy hamkorligiga asoslanadi.

Ijtimoiy sohaga oid investitsiya loyihalarini amalga oshirishda mablag‘lar sarflanishida ochiqlikni ta’minlash mexanizmi sifatida mahalla va jamoatchilik faollari ishtirokida Tashabbuskor guruhlarni shakllantirish amaliyotini joriy etiladi.

Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish maqsadida, Agentlik tomonidan himoya orderini taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi.

Bunda shaxslar mehnat qonunchiligining buzilishi, shu jumladan mehnat faoliyatida ta’qib, tazyiq holatlaridan himoya qilinadi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.

Ko‘krak nishoni bilan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shgan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda faol fuqarolarni rag‘batlantiriladi.

 

Bo‘ka tumani Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi boshlig‘i                                                                         A.Niyozov